TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. 25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida "Nafrat so‘zlariga qarshi kurashish kontekstida dinlararo va madaniyatlararo muloqot va bag‘rikenglikni qo‘llab-quvvatlash" rezolyutsiyasi konsensus asosida qabul qilindi.
Rezolyutsiya har ikki yilda, an’anaviy ravishda Marokash delegatsiyasi tashabbusi bilan qabul qilinadi.
Rezolyutsiya 49 ta davlat tomonidan tayyorlandi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.
Shuningdek, rezolyutsiyani tayyorlashda Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Pokiston, Bahrayn, Iordaniya, Iroq, Misr, BAA, O‘mon, Saudiya Arabistoni, Qatar va Kuvayt, ayrim Afrika davlatlari, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari hammuallif sifatida qatnashdi.
Rezolyutsiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘payganidan xavotir bildirilgan. Ularni amalga oshirgan shaxslar kim bo‘lishidan qat’i nazar, islomofobiyadan motivatsiya olgani qayd etilgan.
Rezolyutsiyaning asosiy maqsadi va chorlovi – diniy ramzlar, muqaddas kitoblar, uy-joy, korxonalar, mulk, maktablar, madaniyat markazlari yoki ibodat joylariga qarshi qaratilgan zo‘ravonlik harakatlarini, shuningdek, xalqaro huquq meyorlariga zid ravishda diniy obidalar, diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga hujumlarni qoralashdan iborat.
Rezolyutsiya bilan har yili fevral oyining birinchi haftasini barcha dinlar, konfessiyalar va konfessiyalar o‘rtasida uyg‘un konfessiyalararo munosabatlar Butunjahon haftaligi deb e’lon qilinishi qo‘llab-quvvatlandi.