O‘zbekiston va dunyoda shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi qanday?

Statistika agentligi har 10 ming kishiga nechta shifokor to‘g‘ri kelishini hisoblab chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 2023 yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida har 10 000 aholiga 28 nafar shifokor to‘g‘ri keladi. Bu haqida Statistika agentligi ma’lum qildi.
Hududlar bo‘yicha aholini shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagicha:
Har 10 000 aholiga nisbatan
Qoraqalpog‘iston R. – 27 nafar
Andijon viloyati – 25 nafar
Buxoro viloyati – 33 nafar
Jizzax viloyati – 21 nafar
Qashqadaryo viloyati – 19 nafar
Navoiy viloyati – 30 nafar
Namangan viloyati – 20 nafar
Samarqand viloyati 28 nafar
Surxondaryo viloyati – 18 nafar
Sirdaryo viloyati – 22 nafar
Toshkent viloyati – 22 nafar
Farg‘ona viloyati – 23 nafar
Xorazm viloyati – 29 nafar
Toshkent shahri – 70 nafar

Umumjahon miqyosida

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston umumjahon miqyosida o‘rtacha o‘rinlarda turibdi.
Xususan, tibbiyot sohasida nufuzli hisoblangan "The Lancet" jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda dunyoda har 10 ming aholi soniga shifokorlar soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar bu Kanada, Shveysariya, Italiya va Rossiya. Ushbu davlatlarda har 10 ming aholi soniga 50-66 nafargacha shifokor va 60 dan ortiq yordamchi tibbiy personal to‘g‘ri keladi.
AQShda vaziyat biroz boshqacha, u yerda ushbu ko‘rsatkich 25 nafar shifokor va 120 dan ortiq yordamchi tibbiy personal.
Shifokorlar soni eng kam bo‘lgan davlatlar esa asosan Markaziy Afrikada joylashgan. Bu yerda har 10 ming aholiga 2-6 tagacha, eng yaxshi holatlarda 8 tagacha shifokor to‘g‘ri keladi. Hindiston, Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo davlatlarida - 10 tadan 19 tagacha shifokor to‘g‘ri keladi.