O‘zbekistonga xorijdan kelgan ayrim fuqarolarda qizamiq aniqlanmoqda — Sanepidqo‘mita

O‘zbekistonga kirib kelgan 164 nafar fuqaroda qizamiq kasalligi aniqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan fuqarolarda qizamiq kasalligi aniqlanmoqda. Bu haqda Sanepidqo‘mita xabar berdi.

“Respublikamizda joriy yilning iyul oyi holatiga ko‘ra, qizamiq kasalligiga shubha qilingan 306 nafar bemorning qon namunalari virusologik laboratoriyaga yuborilgan. Ulardan 164 tasida qizamiq aniqlangan”, - deyiladi xabarda.

Mamlakatda qizamiq bilan kasallanish holatlari asosan xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.
Hozirda mamlakatda qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat nazorat ostida bo‘lib, qizamiq kasalligiga shubha qilingan shaxslar bilan aloqada bo‘lganlar epidemiologik ko‘rsatma asosida profilaktik emlash bilan qamrab olinmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, emlashdan bosh tortganlar hisobiga, 2023-yilda dunyoda va Yevropa mintaqasida qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat keskinlashdi.
Ayni paytda Ukrainada 23 070, Serbiyada 4 954, Fransiyada 2 576 , Gretsiyada 2 476, Italiyada 2 020, Rossiyada 1 396, Gruziyada 1 128 holatda qizamiq kasalligi qayd etilgan.
Qo‘shni mamlakatlar Afg‘onistonda 2023-yilning hozirgacha bo‘lgan davrida 2 105 holatda, Tojikistonda esa 300 dan ortiq Qozog‘istonda 169 ta holat qayd etilgan.