TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik futzalchilar Turkmanistondan 3:1 hisobida ustun kelishdi.
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston poytaxtida o‘tayotgan “CAFA Futsal Cup 2023” musobaqasi doirasidagi navbatdagi o‘yinni Turkmanistonga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Raqib darvozaga birinchi golni Ixtiyor Ropiyev kiritgan bo‘lsa, ikkinchi golga Akbar Usmonov, 3-golga esa Ilhom Hamroyev mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqanning 1-bosqichida O‘zbekiston Tojikistonni 4:2 hisobida mag‘lub etgan edi. Musobaqaning 4-turida O‘zbekiston Eronga qarshi o‘ynaydi.