Jajji va yoqimtoy: Toshkent hayvonot bog‘ining yangi yashovchilari — video

Qora qoploncha, kichik servallar, ayiq bolasi, flamingo polaponlari - Toshkent zooparkining yangi istiqomat qiluvchilari bilan tanishing.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida saqlanayotgan bir necha hayvonlar oilasida ko‘payish sodir bo‘ldi. Endi hayvonot bog‘ida kichik v yoqimtoy a’zolarni ham ko‘rish mumkin.
May oyida dunyoga kelgan qora qoplonchaning surati ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va ko‘pchilik uni yaxshi ko‘rib qoldi.
Servallar oilasi ham ko‘payishdi. Zooparkka tashrif buyuruvchilar may oyi oxirida tug‘ilgan uch servalchalarni ko‘rishga oshiqishadi.
Shu yil yanvarida esa Himolay ayiqlari juftligida ajoyib ayiqcha dunyoga keldi. Hozir u 7 oylik bo‘lgan. Issiq kunlarda sersuv tarvuz yeyish uning jonu dili.
Yana bir xushxabar - pushti flamingo jo‘jalari tuxumdan chiqdi. Bunday hodisa hayvonot bog‘ida birinchi marta sodir bo‘lmoqda. Hali rangi kulrang bo‘lgan uch polapon ota-onasi bilan quyosh nurlarida toblanadi
Kamerun echkilari oilasi a’zolari ham ko‘paydi. Sho‘x uloqchalar ochiq volyerlarda o‘ynashni yaxshi ko‘rashadi va ularga uzatilgan ozuqalarni mamnuniyat bilan olishadi.
Eng katta oila esa o‘rdaklarniki bo‘ldi. Bu oyda tuxumdan chiqqan yoqimtoy polaponlarning aniq sonini aytish qiyin.