TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladigan davlatlarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Unga ko‘ra, chempionatning guruh uchrashuvlari O‘zbekiston va Tailandda o‘tkaziladi.
Bu uchrashuvlar 6-12 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston, Avstraliya, Xitoy Taypeyi, Eron, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Tailand klublari ishtirok etadi.
Musobaqaga qur’a tashlash marosimi esa 7-sentabr kuni Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida o‘tkaziladi.