TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Abituriyentlarning eng ko‘pi O‘zbekiston milliy universitetida o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, deya xabar berdi Ta’lim nazorati.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy universitetida o‘qish uchun 36 782 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
O‘zbek tili — 890 304 nafar;
Rus tili — 95 456 nafar;
Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
Boshqa tillar — 2 330 nafar.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:
Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.
Ma’lumot uchun, 2023-2024 o‘quv yili uchun 1 mln 018 ming 007 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. O‘tgan yilda OTMlarga kirish uchun jami 1 mln 214 ming 232 nafar abituriyent hujjat topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, 20-iyul o‘qishga topshirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni edi. Shunga qaramay, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 21-iyul kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.