“Don bitimining qanday bo‘lsa, shunday davom etishi o‘z mohiyatini yo‘qotdi. Mana nega biz bu kelishuvning uzaytirilishiga qarshi chiqdik”, - dedi Putin hukumat a’zolari bilan bo‘lgan yig‘ilishda.
“Oziq-ovqat va o‘g‘itlarni yetkazib berishga xizmat qiluvchi Rossiya banklari, moliya institutlarining barchasidan to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Shu bilan birga ularning kechiktirilmagan tarzda xalqaro bank hisob-kitob tizimi SWIFT ga ulash haqida ham so‘z ketmoqda. Bizga bu borada qandaydir va’dalar yoki g‘oyalar kerak emas. Bizga bu shartlarning amalda bajarilishi kerak”, - deya ta’kidlaydi Putin.
“Shu bilan birga Kiyev rejimining buyrug‘i bilan portlatilgan, yo‘q qilingan “Tolyatti-Odessa” ammiak quvuri ishi qayta tiklanishi shart. Qishloq xo‘jaligi sanoati bilan bog‘liq bo‘lgan Rossiya aktivlari blokdan chiqarilishi kerak”, - deydi Rossiya rahbari.
“Ta’kidlamoqchimanki, biz don bitimining o‘ziga qarshi emasmiz. Qolaversa, uning oziq-ovqat bozoridagi ahamiyatini hisobga olganda... Shubhasiz, unga qaytish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz, faqat bir shart bilan – Rossiyaning bu bitimdagi ishtiroki prinsiplari aynan hech qanday istisnolarsiz hisobga olinsa, asosiysi, amalga oshirilsa”, - deydi Rossiya rahbari.