TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Rossiya harbiylari Qrim hududida 28 ta dron yordamida Kiyevning terakt uyushtirishga urinishini to‘xtatdi, deb xabar berdi RF Mudofaa vazirligi.
Ularning 17 tasi havo hujumidan mudofaa tizimi yordamida yo‘q qilingani, qolgan 11 tasi radioelektron kurash tizimdari yordamida bostirilgani ta’kidlangan.
Hujum natijasida qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari muntazam ravishda yarim orol hududiga, jumladan Sevastopolga pilotsiz uchar apparatlar bilan hujum qilishga urinmoqda.
Iyul oyi boshida Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev joriy yilda Kiyev Qrimga pilotsiz uchar apparatlar yordamida zarba berishga 70 dan ortiq urinishlar qilganini aytdi.