TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Kecha tunda Odessa portidagi obyektlar raketa hujumi natijasida zarar ko‘rdi, bu haqda Odessa viloyati harbiy boshqarmasi huzuridagi jamoat kengashi rahbari Sergey Bratchuk ma’lum qildi.
Urib tushirilgan raketalarning bo‘laklari va portlash to‘lqini port infratuzilmasi obyektlariga zarar yetkazdi, — deyiladi nashr.
Ukraina OAVlari tomonidan e’lon qilingan videoga ko‘ra, portda kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Bundan tashqari, soat 01.50 atrofida Nikolayev shahridagi sanoat obyektida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Nikolayev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Vitaliy Kim.
Ukraina raqamli transformatsiya vazirligining onlayn xaritasiga ko‘ra, kechasi Ukrainaning Xarkov, Poltava, Dnepropetrovsk, Nikolayev va Odessa viloyatlarida havo trevogasi e’lon qilingan.