TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan yerlar yoqib yuborildi. Yetkazilgan zarar miqdori 100 mln so‘mdan oshgan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasining tezkor guruhi Qumqo‘rg‘on tumanida nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Unda bir qator fermer xo‘jaliklarida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini "takroriy ekin ekish" maqsadida yoqib yuborilgani aniqlandi.
Quyidagi fermer xo‘jaligi rahbarlariga nisbatan MJtKning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi:
“Bo‘ston Firdavs” fermer xo‘jaligida 10 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Huquqbuzarlik natijasida tuproq unumdorligiga 21 million 286 ming 980 so‘m zarar yetkazilgan.
“Hojimurod Mamatrayim” fermer xo‘jaligida 10 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Tuproq unumdorligiga 17 million 548 ming 113 so‘m zarar yetkazilgan.
“Elsevar Nurli Zamin“ fermer xo‘jaligida 5 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Tuproq unumdorligiga 8 million 774 ming 055 so‘m zarar yetkazilgan.
“Kakaydi paxtakor” fermer xo‘jaligida 10 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Tuproq unumdorligiga 17 million 520 ming 822 so‘m zarar yetkazilgan.
“Eshqobil Hojimurod” fermer xo‘jaligida 13 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Tuproq unumdorligiga 27 million 918 ming 690 so‘m zarar yetkazilgan.
“Zilola-Ruslan“ fermer xo‘jaligida 7 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Tuproq unumdorligiga 13 million 28 ming 722 so‘m zarar yetkazilgan.
Aytilishicha, yetkazilgan zarar huquqbuzarlardan undiriladi.