TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda "Tashabbusli budjet" jarayonining joriy yilgi ikinchi mavsumi 17-iyul kuni soat 10:00 dan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
1-bosqich — fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17-iyuldan 6-avgustgacha;
2-bosqich — loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 6-avgustdan 26-avgustgacha;
3️-bosqich — loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26-avgustdan 15-sentabrgacha o‘tkaziladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda. Bu mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib borishi aytilgan.
Fuqarolar jarayonda ishtirok etish shartlari bo‘yicha o‘zini qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishi mumkin.