Tanzila Narbayeva Turkiya parlamenti delegatsiyasi nimalarni muhokama qildi

Tanzila Narbayeva Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Turkiya O‘zbekistonni yaqin davrda Turkiy tilli davlatlar Parlament Assambleyasining to‘laqonli a’zosi bo‘lishiga umid bog‘lamoqda. Bu haqda Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay ma’lum qildi, deya xabar berdi Senat.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tanzila Narbayeva Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi
Muhokama etilgan masalalar:
Oliy Majlisning Buyuk Millat Majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi va “Turkiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish;
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar asosida qabul qilingan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirish.
Shuningdek, parlamentlarning tegishli qo‘mitalari o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, bank-moliya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda muloqotlarni davom ettirish har ikkala mamlakat uchun manfaatli ekaniga urg‘u berildi.
Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay
“O‘zbekiston o‘lkasi barchamiz uchun yagona turkiy sivilizatsiyaning bosh bulog‘i bo‘lishi bilan birga, bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda eng muhim tashabbuslari bilan markaziy strategik rol o‘ynayotgan davlat, deb bilamiz. Davlatlarimiz o‘rtasidagi turli yo‘nalishlardagi aloqalarni rivojlantirishga oid parlamentlararo hamkorlik qanchalik zich va faol bo‘lsa, ikki tomonlama keng qamrovli muloqotimiz natijalari shunchalik samarali va bardavom bo‘ladi”, dedi Fuat Oktay.
U shuningdek, O‘zbekistonni yaqin davrda Turkiy tilli davlatlar Parlament Assambleyasining to‘laqonli a’zosi sifatida ko‘rishga katta umid bog‘lashini qayd etdi.