TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Toshkentning ikkita tumani elektr ta’minotidan uzildi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Qayd etilishicha, bugun soat 12:40da Shayxontohur tumanidagi “Ayni” podstansiyasining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Shayxontohur va Chilonzor tumanlari iste’molchilarining bir qismi elektr ta’minotidan uzilgan.
“Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Xabarda keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentning Sergeli, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi.