TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Joriy yilning 11-15 iyul kunlari Farg‘ona viloyatida “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” o‘tkazilmoqda. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
© Ministerstvo kulturi i turizma
Ushbu festival O‘zbekiston prezidentining “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilinmoqda.
11 iyul kuni Qo‘qon shahrida joylashgan “Kokand University” binosida mazkur tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo kulturi i turizma
“Mamlakatimiz prezidenti tashabbusi bilan turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlar yoshlari o‘rtasida ushbu festival har ikki yilda doimiy o‘tkazilishi belgilandi. Bu orqali yoshlar o‘rtasida turli g‘oyalarni muhokama qilish, manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda eng muhimi, ular o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga e’tibor qaratganmiz”, - dedi Madaniyat va turizm vazirligi boshqarma boshlig‘i Zarrina Abdullayeva.
© Ministerstvo kulturi i turizma
Festival doirasida 3 kun davomida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari, O‘zbekistondagi elchixona konsullari bilan festival ishtirokchilarining uchrashuvlari tashkil etiladi.
© Ministerstvo kulturi i turizma