TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. “Katta yettilik”ning (G7) Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishi xato va xavfli, chunki bu bilan “yettilik” mamlakatlari Rossiya xavfsizligiga suiqasd qilishadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Ukrainaga qanday bo‘lsa ham xavfsizlik kafolatlarini taqdim etib, bu mamlakatlar amalda bo‘linmas xavfsizlik xalqaro tamoyilini nazar-pisand qilishmaydi. Ya’ni, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etib, ular Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga suiqasd qilishadi”, - dedi Kreml vakili.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, “Katta yettilik”ning bunday qarori uzoq, o‘rta va hatto qisqa muddatli istiqbolda salbiy oqibatlarga olib keladi.
Avvalroq Oq uy G7 davlatlari Vilyunsdagi NATO sammiti yakunida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishini xabar qilgan edi.