Buxoroda ilk Biyennale bo‘lib o‘tadi

Ta’kidlanishicha, Biyennaleni o‘tkazish maqsadlaridan biri O‘zbekistonning xalqaro san’at hamjamiyatiga qo‘shilishidir.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. 2025 yilda Buxoroda ilk Biyennale bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Biyennaleni o‘tkazish maqsadlaridan biri — O‘zbekistonning xalqaro san’at hamjamiyatiga qo‘shilishi hamda uning jahon miqyosida madaniy-tarixiy nufuzini yuksaltirish.
Ta’kidlanishicha, Biyennale tashkil etish va o‘tkazish asnosida mahalliy va xorijiy ustalar hamda ijodkorlarning muloqot qilish imkoniyatlari yaratiladi. Bu esa mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishga, shuningdek, an’anaviy hunarmandchilik salohiyatlarini zamonaviy ruhda ochib berishga zamin yaratadi.
“Oldimizda ushbu loyihani amalga oshirish vazifasi turibdi. Ishonaman, Buxoroda ilk Biyennaleni o‘tkazish xalqaro hamjamiyat e’tiborini qozonadi hamda qadimiy va tarixiy shahrimizni mutaxassis va sayyohlar tomonidan yanada kengroq kashf etilishiga yordam beradi”, - deya yozdi Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.