TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda muddatidan oldin prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Saylovga kelish imkoni bo‘lmagan fuqarolar alohida ro‘yxatga olingan. 512-saylov uchastkasida jami 2134 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lsa ulardan 35 nafari maxsus ro‘yxatga kiritilgan.
Bular sog‘lig‘i sababli saylov uchastkasida ovoz bera olmaydigan fuqarolar. Bunday fuqarolar uchun har bir uchastkada ko‘chma saylov qutisi mavjud. Saylov komissiyasi a’zolari ushbu qutilar bilan saylovchilarning uylariga boradi va ularning bulletenlarini olib keladi.
Saylov qutilari ovoz berish tugagach, ovozlarni sanab chiqish uchun ochiladi