MDH saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi o‘z faoliyatini boshladi — video

Toshkentda MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlari maslahat kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Bugun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH ) mamlakatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi bosh kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Toshkentda MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlari maslahat kengashining birinchi majlisi ochildi.
"Bugun Toshkentda MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlari maslahat kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, uning tashabbuskori O‘zbekiston hisoblanadi. Kun tartibiga kengash faoliyatini boshlash bo‘yicha tashkiliy masalalar kiritilgan", - dedi Lebedev.
MDH Bosh kotibining eslatishicha, kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2022-yil 14-oktabr kuni Ostona shahrida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida qabul qilingan. O‘zbekiston bir yil davomida qo‘mitaning birinchi raisligini o‘z zimmasiga oldi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rahbari Zaynidin Nizomxo‘jayev maslahat kengashi Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning saylov organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashini ta’kidladi.
“Maslahat kengashi bizga yangi platformalar yaratish va saylov sohasidagi hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochish imkonini beradi”, — deya qo‘shimcha qildi Nizomxo‘jayev.
MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi a’zolari tarkibiga Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston Markaziy saylov komissiyalari rahbarlari kirdi. Ayni vaqtda Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmaniston kengashni tashkil etish bo‘yicha hujjatlar imzolagani yo‘q.