TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Arxeologik yodgorliklarning aksariyati respublikaning Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda ularning 1197 tasi bor.
O‘zbekistonda 1-yanvar holatiga ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlarining umumiy soni 8210 tani tashkil etadi, ulardan 4797 tasi arxeologik yodgorliklardir.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning 1-yanvar holatiga Qashqadaryo viloyatidagi arxeologik yodgorliklar soni 1189 taga teng bo‘lgan. 2023-yilga kelib ularning soni 8 taga ko‘paydi.