“Ular orasida Alisher Navoiy, Bobur, Fuzuliy, So‘fi Olloyor, Mashrab kabi biz bilgan mashhur shoirlardan tashqari hali xalqimizga noma’lum bo‘lgan shoirlar, tarjimonlarning ham qo‘lozmalari mavjud. Birgina Alisher Navoiy qo‘lozmalarining o‘zi 25 tani tashkil etadi”, - dedi Gulnoza Xalliyeva.
“Men ko‘rayotan turkiy qo‘lozmalar, uyg‘ur qo‘lozmalari deb atalgan. Aslida ular orasida nafaqat uyg‘ur, balki qozoq, turk, o‘zbek va boshqa tillardagi manbalar ham bor. Qo‘lozmalar yaxshi, qoniqarli, yomon va qo‘llanishga yaroqsiz kabi to‘rt toifaga ajratilgan. Yomon va qo‘llanishga yaroqsiz belgisi ostidagi qo‘lozmalar foydalanishga berilmaydi, ularni faqat pul to‘lab, raqamli variantiga buyurtma berish mumkin xolos. Men ko‘rgan yaxshi va qoniqarli belgili qo‘lozmalardan ba’zilari ham ta’mirtalab ahvolda. Albatta, ularni ko‘rib juda achindim, avaylab varaqladim”, - dedi u.