O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Bugun prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tugaydi

Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bugun soat 18:00ga qadar davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Bugun prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tugaydi.
Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 28-iyunda boshlangan edi. Bugun jarayonning oxirgi kuni va u soat 18:00ga qadar davom etadi.
Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etishdi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyul holatiga jami 376 623 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Shundan mamlakat hududida – 275 592 nafar va xorijda – 101 031 nafar saylovchi ovoz bergan.
O‘zbekistonda o‘tadigan prezident saylovi haqida siz berishga uyalayotgan savollar — MSK javobi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekiston bo‘yicha 10 784 ta saylov uchastkasi tuzilgan. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida esa 56 ta saylov uchastkasi o‘z faoliyatini olib boradi.
Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda prezident saylovida ovoz berish qanday o‘tadi