TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Bir tomonlama iqtisodiy sanksiyalar, Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilinganidan tashqari, xalqaro huquqqa mos kelmaydi va xalqaro munosabatlarga salbiy ta’sir qiladi. Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining Nyu-Dehli deklaratsiyasida nazarda tutilgan.
Bugun ShHTga a’zo davlatlar qo‘shma Nyu-Dehli deklaratsiyasini imzolashdi.
Deklaratsiyada BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilinganidan boshqa iqtisodiy sanksiyalarning bir tomonlama qo‘llanilishi xalqaro huquq tamoyillariga to‘g‘ri kelmasligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Nyu-Dehlida ShHT Davlat rahbarlari kengashining yigirma uchinchi sammiti videoaloqa formatida bo‘lib o‘tdi. Sammitda ishtirok etish uchun ShHTga a’zo barcha davlatlar, ya’ni Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari taklif etilgan. Bundan tashqari, Eron, Belarus va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat sifatida, Turkmaniston esa rais mehmoni sifatida taklif etilgan.