O‘zbekistonda "import" choy ichuvchilar ko‘paymoqda

Choy importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 718 tonnaga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekiston yanvar-may oylarida 23 ta davlatdan choy import qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Xorijiy davlatdan qiymati qariyb 21,1 mln dollarga teng bo‘lgan 14,7 ming tonna choy import qilingan.
Choy importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 718 tonnaga oshgan.
5 oyda O‘zbekiston eng ko‘p choy import qilgan davlatlar:
Xitoy – 11,4 ming tonna;
Keniya – 1,0 ming tonna;
Eron – 893 tonna;
Hindiston – 338 tonna;
Qozog‘iston – 247 tonna;
Shri-Lanka – 185 tonna;
Indoneziya – 179 tonna;
Rossiya – 175 tonna;
BAA – 173 tonna.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shu yilning yanvar oyida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 5 mln dollarga teng bo‘lgan 3,6 ming tonna choy import qilgan edi.
Bu qiziq
Bir kunda necha piyola choy ichish organizm uchun foydali