TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Toshkent xorijliklar uchun eng arzon shaharlar qatoriga kirdi. Bu haqda "Mercer" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan xorijliklar uchun dunyodagi eng qimmat shaharlar reytingida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, yashash uchun eng qimmat shaharlar birinchiligidan Gonkong, Surix va Singapur joy oldi. Qayd etilishicha, bu yil yashash uchun eng qimmat 10 shahardan faqat ikkitasi Osiyoda joylashgan. Shu bilan birga, bu shaharlar reytingda birinchi o‘rinni egalladi, birinchi o‘rinda Gonkong, ikkinchi o‘rinda Singapur.
Shuningdek, Tel-Aviv xalqaro xodimlar uchun Yaqin Sharqdagi eng qimmat shahar bo‘lib qolmoqda va global reytingda 8-o‘rinni egallagan. Bu mintaqadagi keyingi eng qimmat shaharlar Birlashgan Arab Amirliklarida, ya’ni Dubay (18) va Abu-Dabi (43) bo‘lib, ularning ikkisi ham o‘tgan yildan beri o‘z reytinglarida sezilarli o‘sishni namoyon etdi.
Reytingdagi eng arzon o‘rinlar qatoriga o‘tgan yil o‘rtalarida qisman valyutaning katta devalvatsiyasi tufayli 83 pog‘onaga tushib ketgan Gavana va Pokistonning ikki shahri, Karochi va Islomobod kiradi.
Reyting gorodov po stoimosti jizni 2023
© Mejdunarodnaya konsaltingovaya kompaniya Mercer
Yaqin xorij shaharlari orasida Estoniya poytaxti Tallin yashash uchun eng qimmat shahar bo‘lib chiqdi - 100 o‘rin. Yerevan 141, Boku 177, Tbilisi 181, Minsk 182, Olmaota 208-o‘rinlarni egallagan.
O‘zbekiston poytaxti esa 218 o‘rinda. Dushanbe 223-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Bishkek 224-o‘rinda bormoqda.
"Mercer" reytingi 40 taga yaqin omil, jumladan, ekologiya, xavfsizlik masalalari hamda sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport va boshqa davlat xizmatlari darajasiga asoslanadi.