Qurbon hayiti va dam olish kunlari qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Dam olish kunlari davolash-profilaktika muassasalarining 40 mingdan ziyod xodimlari navbatchilik asosida ish olib boradi.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan davolash-profilaktika muassasalarida tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum qilindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu muborak ayyom va dam olish kunlarida davolash-profilaktika muassasalarining 40 mingdan ziyod tibbiyot xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatishini ma’lum qildi.
Davolash-profilaktika muassasalari:
1267 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika;
1080 ta oilaviy shifokor punkti;
1002 ta mahalla tibbiyot punkti;
tuman, viloyat va respublika shifoxonalari;
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari;
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
Mamlakat bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bu yil Qurbon hayiti 28-iyun kuni nishonlanadi. O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olishadi.
Turli davlatlarda qo‘y narxi qanday?