TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) jangchilari o‘z kolonnalarini to‘plab, dala lagerlariga qaytib ketishadi. Bu haqda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Tomonlardan birida rus qoni to‘kilishi uchun javobgarlikni anglab, biz kolonnalarni to‘plab, rejaga muvofiq, orqa yo‘nalishdagi dala lagerlariga ketamiz”, - dedi u.
Avvalroq Belarus rahbari matbuot xizmati Prigojin Aleksandr Lukashenkoning “Vagner” jangchilari harakatlanishini Rossiya hududida to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilganini ma’lum qilgan edi. Aniqlik kiritilishicha, “stol ustida vaziyatni hal etishning mutlaqo foydali va maqbul varianti turibdi.” Bu “Vagner” XHK jangchilari uchun xavfsizlik kafolatlarini ham o‘z ichiga oladi.
O‘tgan tunda Rossiya Federal xavfsizlik (FXX) ijtimoiy tarmoqlarda Yevgeniy Prigojin nomidan tarqalayotgan va “Vagner” XHK qismlariga Mudofaa vazirligi zarba bergani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligi va axborot provokatsiyasi ekanini ma’lum qildi. Rossiya FXX Tergov boshqarmasi Prigojinga qarshi Jinoyat kodeksining 297 moddasi bilan (“Qurolli ison tashkil etish”) jinoiy ish ochgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga yo‘llagan murojaatida ison ko‘tarishga uringanlarning hammasi jazolanishi, qonun va xalq oldida javob berishini ma’lum qildi.