O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Saylov uchastkasini qanday almashtirish mumkin — qo‘llanma

Saylov uchastkasini almashtirish xizmati yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirildi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish jarayonida ishtirok etuvchi fuqarolar uchun saylov uchastkasini almashtirishga so‘rov yuborish imkoniyati yaratildi.
Fuqaroning Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidagi (SAER) saylov uchastkasi haqidagi ma’lumotlar bilan uning doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manzili o‘zaro nomuvofiq bo‘lgan taqdirda saylov uchastkasini o‘zgartirish mumkin.
Kimlar prezident saylovi kuni uchastkaga bormay ovoz berishi mumkin?
Bunday imkoniyat yagona interaktiv davlat xizmatlari "my.gov.uz" portalida yaratildi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishi kerak.
Saylov uchastkasini almashtirishga so‘rov yuborish xizmati
Demak, saylovchi portalning yuqori o‘ng burchagidagi qidiruv funksiyasidan “Saylov uchastkasini almashtirish” xizmati izlashi kerak bo‘ladi.
Saylov uchastkasini almashtirishga so‘rov yuborish xizmati
Xizmatdan foydalanish davomida shaxsiy ma’lumotlar, saylovda qatnashadigan saylov uchastkasining manzili va raqami kiritiladi.
Shundan so‘ng, saylov uchastkasini o‘zgartirish sababi haqida qisqacha ma’lumot yozib qoldirish kerak bo‘ladi.
Saylov uchastkasini almashtirishga so‘rov yuborish xizmati
Ariza 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va kiritilgan ma’lumotlar fuqaroning shaxsiy ma’lumotlariga muvofiq bo‘lsa saylov uchastkasi operatorlar tomonidan almashtiriladi.
Fuqaroning my.gov.uz portalidagi akkauntiga saylov uchastkasi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi xabar yuboriladi.
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
Saylov uchastkasini qanday aniqlash mumkin — qo‘llanma