Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi fuqarolarga chegaradosh hududlarga bormaslikni tavsiya qildi

Elchixona Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslikka, odamlar gavjum joylarga tashrif buyurmaslikka chaqiradi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi fuqarolarga chegaradosh hududlarga bormaslikni tavsiya qildi.
Elchixona O‘zbekistonning barcha fuqarolarini Rossiya hududida amalda bo‘lgan jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslikka, odamlar gavjum joylarga tashrif buyurmaslikka chaqiradi.
"Axborot maydonida tarqatilayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga berilmaslik va mamlakat rasmiy vakillarining ko‘rsatmalariga amal qilishni so‘raymiz", deyiladi xabarda.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi barcha diplomatik vakolatxonalari to‘liq ish rejimida ishlaydi.
Zarur hollarda fuqarolardan O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasining yagona Call-markaziga zudlik bilan murojaat qilishlarini so‘ralgan:
+7-499 230-00-76, +7-499 238-36-20.