O‘zbekiston va Tojikiston viloyatlari qator sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov va So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda
Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi 30 dan ortiq turli soha vakillaridan iborat delegatsiya Tojikistonda bo‘lib turibdi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Namangan hamda Tojikistonning So‘g‘d viloyatlari o‘rtasida yo‘l xaritasi imzolandi, deya xabar berdi Namangan viloyat hokimligi.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston viloyatining So‘g‘d viloyatida bo‘lib turibdi.
Sogdiyskaya i Namanganskaya oblasti podpisali dorojnuyu kartu o sotrudnichestve
So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda hamda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov o‘rtasi bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda yo‘l xaritasi imzolandi. Hujjat ikki viloyatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sotiq, turizm, madaniyat va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Sogdiyskaya i Namanganskaya oblasti podpisali dorojnuyu kartu o sotrudnichestve
Delegatsiya 30 dan ortiq turli soha vakillaridan iborat bo‘lib, ular So‘g‘d viloyati bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar, shuningdek, “Savdo va investitsiya imkoniyatlari - hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etishmoqda.