TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 19-iyun kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini joriy etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022-yil 11-noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.
Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.