TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Ko‘plab G‘arb tahlilchilari kuluarlarda Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatiga jiddiy shubha ko‘zi bilan qarashmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin ma’lum qildi.
“Kuluarlarda ko‘plab g‘arblik tahlilchilar Ukraina avanturasi muvaffaqiyatiga jiddiy shubha qilishmoqda. Tafsilotlarni oshkor qilmay aytishim mumkinki, Kiyev rejimi ma’lum qilgan vazifalar erishib bo‘lmaydigan deb baholanmoqda”, - dedi Narishkin “Rossiyskaya gazeta” nashriga bergan intervyusida.
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktorining so‘zlariga ko‘ra, NATO tayyorgarliklaridan o‘tgan harbiy xizmatchilar sonining sezilarli halok bo‘lishi va texnikalarning yakson qilinishi Ukraina armiyasi jangovar qobiliyatiga putur yetkazadi.
“Bu o‘z navbatida Zelenskiy rejimining (Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy – tahr.) barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bir qator G‘arb baholariga ko‘ra, Ukraina davlatchiligining o‘zi tahdid ostida qolishi mumkin”, - deya ta’kidladi Narishkin.
U “Amerika va Yevropa maxsus xizmatlari va harbiy idoralarining obro‘li vakillari qarshi hujum bevosita qarama-qarshi natijalarga olib kelishi mumkinligini istisno qilishmayapti”.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik zaxiralarni jalb qilishga qaramay, Ukraina harbiylari muvaffaqiyatsiz qarshi hujum qilishga urinayotganini qayd etgan.