TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tojikiston ustidan g‘alaba qozondi. Hisob 5:1.
“Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup" turniri guruh bosqichi 3-turi doirasida Tojikistonga qarshi maydonga tushdi.
"CAFA Nations Cup" turniri
© Futbolnaya assotsiatsiya Uzbekistana
Uchrashuv soat 20:30 da boshlandi. Ushbu bahsda futbolchilar to‘liq oq libosda, darvozabon qora libosda, Tojikiston esa qizil rangli liboslarda harakatlandi.
"CAFA Nations Cup" turniri
© Futbolnaya assotsiatsiya Uzbekistana
Birinchi bo‘limda Tojikistonning 7-raqamli futbolchisi Parviz Umarboyev hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan 3 daqiqa qo‘shib berilishiga qaramay, mezbon tomon hisobni tenglashtira olmadi.
Dilshod Saitov darvozaga boshi bilan zarba berdi, lekin gol ura olmadi. Bo‘lim Tojikiston foydasiga yakunlandi.
"CAFA Nations Cup" turniri
© Futbolnaya assotsiatsiya Uzbekistana
O‘yinning ikkinchi bo‘limida O‘zbekistondan Abdulla Abdullayev, Jamshid Iskanderov va Jamshid Boltaboyev o‘rniga Eldor Shomurodov, Abbos Fayzullayev va Odil Hamrobekov o‘yinni davom ettirdi.
Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev hisobni teglashtirdi. Hisob 1:1.
Eldor Shomurodov 56- daqiqada penaltida 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirib, hisobni O‘zbekiston foydasiga hal qildi. Hisob 2:1.
Abbosbek Fayzullayev o‘yining 73-daqiqasida gol urdi. Hisob 3:1.
O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi daqiqalarda ham gollar urishda davom etdi. Bu safar Xojimat Erkinov o‘yinning 83-daqiqasida gol urdi. Hisob 4:1.
Maydonda ikki jamoa futbolchilari to‘qnashib ketdi. Shundan so‘ng ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Raqib jamoadan Nuriddin Hamroqulov bosh qismidan jarohat oldi.
O‘yinga 6 daqiqa qo‘shib berildi. Oston O‘runovning penaltidagi zarbasi hisobni yana bittaga oshirdi. Uchrashuv 5:1 hisob bilan yakunlandi.
Bahsni stadionda 9899 nafar muxlis kuzatib bordi.
O‘zbekiston terma jamoasi keyingi o‘yinni 20-iyun kuni Eron terma jamoasiga qarshi olib boradi.
Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, shuningdek, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.