TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiyaning “Gazprom” va Qozog‘istonning “QazaqGaz” kompaniyalari Rossiya tabiiy gazini O‘zbekiston iste’molchilariga yetkazib berishga oid shartnoma imzoladi. Hujjat Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) imzolandi, deb xabar berdi Qozog‘iston Energetika vazirligi.
“Gazprom” boshqaruv raisi Aleksey Miller bilan uchrashuvda “Gazprom” va “QazaqGaz” o‘rtasida Rossiya tabiiy gazini O‘zbekiston iste’molchilariga yetkazib berishga oid shartnoma imzolandi”, - deyilgan xabarda.
Tomonlar, shuningdek, gaz yetkazib berish, qayta ishlash va tashish sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishgan.
Qozog‘iston va Rossiya energetika vazirlari Rossiya nefti tranziti bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlarni hajmlarni 10 million tonnagacha oshirib, 2033-yil oxirigacha uzaytirishgan.
Avvalroq Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berishdan ham daromad olashi, ham bu hududda energetika ta’minoti yaxshilanishini ma’lum qilgan edi.
2023 yil yanvar oyida “Gazprom” va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasida gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolangan edi. 30 may kuni “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish masalasini muhokama qilishgandi.