“Nega bunday ahmoqona savol berapsiz?” — Baydenga jurnalistning savoli yoqmadi

AQSh prezidenti Jo Bayden jurnalistni Ukraina Federal qidiruv burosi haqida so‘ragani uchun tanqid qildi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden jurnalistni Federal qidiruv burosining (FQB) Ukrainaga oid hujjatlar to‘plami haqidagi savol uchun tanqid qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbir yakunida zalni tark etayotgan muxbir AQSh prezidentidan nega uni FQBning Ukrainaga oid fayllarida doimo “katta odam” deb atashganini so‘ragan.

“Nega bunday ahmoqona savol berapsiz?”, - deya qo‘pol javob qaytardi Bayden jurnalistning savoliga.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Baydenni Ukraina kompaniyasidan pora olganlikda ayblagan edi. Uning ta’kidlashicha, amaldagi Oq uy rahbari Jo Bayden vitse-prezident lavomida ishlagan paytida Ukrainaning “Burisma Holdings” energetika kompaniyasidan pora olgan.