Islom investitsiyalari Rossiyadagi G‘arb moliyalari o‘rnini egallashi mumkin – iqtisodchi

Islom investorlari 5 trillion dollarga yaqin aktivlarni nazorat qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Islom investitsiyalari sanksiyalar tufayli Rossiya uchun to‘xtatilgan G‘arb moliyalari o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda iqtisodchi, islom moliyalari magistri, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti dunyo moliyalari bozori va moliya texnologiyalari kafedrasi dotsenti Ilyas Zaripov ma’lum qildi.
Zaripovning so‘zlariga ko‘ra, islom investorlari 5 trillion dollarga yaqin aktivlarni nazorat qiladi va bu butun global aktivlarning 1,5 foizini tashkil etadi. Iqtisodchi Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan islom investorlari ular boshqa mamlakatlarga kiritishga tayyor bo‘lgan 500 milliard dollar haddan ziyod likvidlikka ega ekanini qayd etdi.

“Ko‘pincha islom investorlari bu haddan ziyod mablag‘ni o‘z mamlakati uchun ishlatish yo‘lini topolmaydi. Aynan shu bois turli katta mablag‘li loyihalarni o‘ylab topishadi, masalan, Saudiya Arabistoni sahrosida super shaharni bunyod etish. Biroq bu mablag‘lar yoki ularning bir qismini Rossiya iqtisodiyotiga yo‘naltirilsa bo‘lardi-ku, bu ham Rossiyaga, ham islom investorlariga katta foyda keltirgan bo‘lardi”, - dedi Zaripov RIA Novosti bilan suhbatda.

Ekspertning ta’kidlashicha, islom mamlakatlari ular qo‘shicha ajratishi mumkin bo‘lgan davlat jamg‘armalaridagi boshqa mablag‘larga ham ega.
Iqtisodchi islom investorlari Rossiya iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi, chunki Rossiya ular uchun hamisha ishonchli hamkor bo‘lgan, hamisha yordam bergan va siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Islom moliyasi tizimi — bu pul mablag‘laridan foydalanish va taqsimlash jarayonida islom huquqi qoidalariga mos keluvchi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan islom ekotizimining bir qismidir.