AQSh Yaqin Sharqqa F-22 qiruvchilarini yubordi

AQSh Yaqin Sharqqa Rossiya Harbiy havo kuchlarining faollashgani tufayli qiruvchi samolyotlarini yuborgan.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun – Sputnik AQSh Yaqin Sharq mintaqasida Rossiya harbiy havo kuchlarining faollashgani tufayli beshinchi avlod qiruvchisi bo‘lgan F-22 samolyotlarini jo‘natdi, deya xabar bermoqda Pentagon.

“AQSh Harbiy-havo kuchlarining F-22 Raptor samolyotlari Rossiya samolyotlarining mintaqada tobora xavfli va noprofessional xatti-harakatlari natijasida... Markaziy qo‘mondonlik mas’uliyati hududiga joylashtirildi", — deyiladi xabarda.

Mart oyida Markaziy qo‘mondonlik rahbari Maykl Kurilla AQSh harbiylari Suriyada Rossiya samolyotlarining “xavfsiz harakati” holatlarida “sezilarli o‘sish” kuzatilayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, go‘yoki samolyotlar bu mamlakatdagi Amerika bazalari ustida qurol bilan ucha boshlagan.
Rossiya va AQSh o‘rtasida Suriya ustidagi havo maydonida hodisalarning oldini olish uchun ikki mamlakat qo‘shinlarining tasodifan to‘qnashib ketishining oldini olish mexanizmi amal qiladi. Pentagon xabarida Amerika qiruvchilari aynan qayerda joylashishiga aniqlik kiritilmagan.