TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Rossiya armiyasi puxta rejalashtirilgan operatsiya tufayli Germaniyada ishlab chiqarilgan "Leopard" tanklari va "Bradley" piyodalar jangovar mashinalarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi "Der Tagesspiegel".
"Zaporojyedagi harbiy karvonga muvaffaqiyatli hujum ortida makkor tuzoq bor edi, uni Rossiya hujum vertolotlari va tankga qarshi artilleriyasi amalga oshirdi", - deydi harbiy ekspert Tomas Tayner.
Ukraina qo‘shinlarida hech qanday imkoniyat yo‘q edi, dedi ekspert, 47-mexanizatsiyalashtirilgan brigada tomonidan joylashtirilgan videolarni tomosha qilgandan keyin.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya allaqachon Ukrainaga 18 ta "Leopard 2A6" tankini yetkazib bergan, yana 3 tasi Portugaliyadan kelgan. Kiyev yana ko‘proq texnikani talab qilmoqda.