TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentdagi to‘rtta tumanning ayrim hududlarida elektr qurilmalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari sabab elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
Yashnobod tumani: "Shohsanam", "Katta Yangiobod", "Aviasozlar", "Navro‘zobod", "Parvoz" va "Dilbog‘" MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
Uchtepa tumani: "Bog‘iston" MFYning 4 ta ko‘p qavatli turarjoy binosida soat 17:00 gacha;
Yakkasaroy tumani: "Muqimiy" MFY hududida soat 17:00 gacha;
Chilonzor tumani: "Do‘mbirobod" va "1-Charx Kamolon" MFYlari hududida soat 18:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.