O‘zbekistonda birinchi shamol trubinasi o‘rnatildi

BAA kompaniyasi bilan hamkorlik loyihasi doirasida jami 111ta shamol turbinasi o‘rnatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Bugun, Zarafshon shahrida O‘zbekistonda birinchi shamol turbinasi o‘rnatildi, deb xabar qilmoqda "Yangi O‘zbekiston" nashri.
Xitoyning "Gold Wind" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan shamol turbinasining quvvati 4,7 MVt, balandligi 97 metr, parraklarining uzunligi 77 metrni tashkil etadi.
Pervaya vetranaya turbina v Uzbekistane
BAAning "Masdar" kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatiladi. 500 MVt quvvatga ega loyiha 500 mingta xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishni va atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 1,1 mln. tonnaga kamaytirishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur muqobil elektr stansiyaning ilk quvvatlari 2023-yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Qurilishi bitganidan so‘ng u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo‘lishi kutilmoqda.
Pervaya vetranaya elektrostansiya v Zarafshane