Kanada va Niderlandiya Suriyaga qarshi BMT sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi

Niderlandiya va Kanada Suriyani mahbuslarni qiynoqqa solishda ayblab, BMT sudiga da’vo arizasi berdi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Niderlandiya va Kanada Suriya tomonini BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasini buzganlikda ayblab, Gaagadagi Xalqaro sudiga da’vo arizasini berdi, deyilgan sud bayonotida.

"Kanada va Niderlandiya Qirolligi Suriya Arab Respublikasiga nisbatan Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo holatlarga qarshi konvensiyaning da’vosi buzilganligi yuzasidan BMTning asosiy sud organi bo‘lmish - Xalqaro sudga ish qo‘zg‘atish uchun qo‘shma ariza bilan murojaat qildi", - deyilgan bayonotda.

Kanada va Niderlandiya o‘z bayonotida "Suriya kamida 2011-yildan beri fuqarolik namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirish bilan xalqaro huquqni son-sanoqsiz marta buzgan" deyilgan. Shikoyatchilarning ta’kidlashicha, bu qonunbuzarliklar qiynoq va boshqa shafqatsiz muomala yoki jazolarni qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Jumladan, ularning fikricha, gap mahbuslarga nisbatan munosabat va mahbuslarni saqlash sharoitlari haqida bormoqda.
Shu munosabat bilan Niderlandiya va Kanada Suriyaga nisbatan vaqtinchalik choralar qo‘llash uchun sudga murojaat qilgan.