Shavkat Mirziyoyev Milanda to‘qimachilik ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Prezident ko‘rgazmada dunyoning yetakchi yigirish va to‘qish uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning stendlarini ko‘zdan kechirdi ularning rahbarlari bilan muloqotda bo‘ldi.
Sputnik
Shavkat Mirziyoyev Milanda to‘qimachilik ko‘rgazmasiga tashrif buyurdiTOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida shu kunlarda Milan shahrida o‘tayotgan “ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
Prezidentga Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana va ko‘rgazma tashkilotchisi – “Sematex” agentligi rahbari Ernesto Maurer hamrohlik qildi.
Shavkat Mirziyoyev Milanda to‘qimachilik ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev yigirish va to‘qish uskunalarini ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi bo‘lgan “ITEMA” (Italiya), “Stäubli Group” (Shveysariya), “Picanol”, “Vandewiele” (Belgiya) va boshqa kompaniyalarning stendlarini ko‘zdan kechirdi va kompaniya rahbarlari bilan muloqot qildi, yangi texnologik yechimlarning taqdimotlari bilan tanishdi.
Prezident robototexnika va sun’iy intellektdan foydalangan holda yangi, talab yuqori bo‘lgan “super-materiallar” yaratish maqsadida yurtimizda matoga ishlov berish uchun eng zamonaviy uskunalar va innovatsion yechimlarni joriy qilish istiqbolli ekanini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev Milanda to‘qimachilik ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
Tashrif yakunida prezident mutasaddi rahbarlarga O‘zbekistonda uskunalarni mahalliylashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini relokatsiya qilish va o‘quv dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish topshirildi.
“ITMA 2023” – har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan to‘qimachilik va tikuvchilik texnologiyalariga bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik ko‘rgazma. Oxirgi ko‘rgazma 2019-yilda Barselona shahrida o‘tdi. Joriy yilda 20 gektar maydonni egallagan ko‘rgazmada 47 mamlakatdan 1 700 ishtirokchi hamda turli davlatlardan 100 ming nafarga yaqin mehmon ishtirok etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Milanda to‘qimachilik ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi