Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

DXRda Ukraina tashqi razvedka josusi qo‘lga olindi — video

FXX: DNRda Ukraina tashqi razvedka xizmatining josus va diversanti qo‘lga olindi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining (FXX) DXR bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ukraina tashqi razvedka xizmatining josusi va diversantini qo‘lga olishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Rossiya FXX DXRdagi operativ tadbir davomida Rossiya QKning joylashuvi va harakati to‘g‘risida ma’lumot to‘plash uchun respublika hududiga kelgan Ukraina Tashqi razvedka xizmati agentini qo‘lga oldi”, - dedi FXXning DXR boshqarmasi xodimi.

Uning qayd etishicha, qo‘lga olingan Mixail Dmitriyevich Mixaylenko 2018-yildan beri Ukraina razvedkasiga yordam bergan, maxsus ishlab chiqilgan aloqa kanallari orqali “Qirq birinchi” taxallusi ostida kuratorlar bilan aloqada bo‘lib, muntazam ravishda pul mukofotlari olib kelgan.

"Aprel oyida Mixaylenkoga DXR hududiga kirib, keyinchalik ularga qarshi qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida FXX xodimlariga oid nozik ma’lumotlarni olish vazifasi berilgan edi. Hozirda Mixaylenkoga nisbatan zarur protsessual ta’sir choralari ko‘rildi", - deb qo‘shimcha qildi xodim.

FXX DXR bo‘yicha boshqarmasi josusning qo‘lga olingani aks etgan videoni taqdim etdi. Kadrlarda diversantning yo‘lda to‘xtab turgan mashinadan qanday chiqarilib, qo‘liga kishan taqishgani aks etgan.
Diversant o‘zi aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini bildirdi.