AQSh sobiq SSSR davlatlari orasidagi munosabatlarni buzishga urinmoqda – Patrushev

Rossiya XK kotibi aytishiga ko‘ra, AQSh sobiq SSSR respublikalari orasidagi munosabatlarni buzish maqsadida ularga bosim o‘tkazmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. AQSh sobiq SSSR mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar poydevorini buzishni o‘ziga maqsad qilib, postsovet hududidagi barcha davlatlarga kuchli bosim o‘tkazmoqda, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev.
“Vashington postsovet hududidagi barcha davlatlarga kuchli bosim o‘tkazmoqda”, — dedi Patrushev Minskda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblarining Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad “sobiq SSSR mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar poydevoriga putur yetkazish, shuningdek, MDH, YeOII va KXShT doirasidagi integratsiya jarayonlariga to‘sqinlik qilish”.
Anglo-sakslar o‘z rejalarini amalga oshirish uchun shantaj, yolg‘on va tahdidlar orqali o‘z doiralariga iloji boricha ko‘proq davlatlarni jalb qilishga urinmoqdalar, ularning manfaatlari bilan hisoblashishni esa xayoliga ham keltirmaydi, deya fikr bildirdi Patrushev.