TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. “Yandeks” sinov tariqasida Moskvaning Yasenovo tumanida haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Yandeks” Moskvada robotaksi ochdi – avtomobillar buyurtmasini sun’iy intellekt boshqaradigan xizmat. Robotaksi sinov tariqasida Yasenovo tumanida har kuni ertalab soat 7 dan tungi soat 1 gacha ishlaydi. “Yandeks Go” ilovasida safarga buyurtma berish mumkin”, - deyilgan xabarda.
Sinovda birinchi bo‘lib loyiha saytida ariza bergan foydalanuvchilar qatnashishadi. Keyin boshqalar ham bu xizmatdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Robotaksi hozir faqat bir nafar yo‘lovchini oladi. 18 yoshdan kattalar mashinaga buyurtma berishlari mumkin. Har qanday safar 100 rubl bo‘ladi.
Shu bilan birga qonunga muvofiq mashinada safar xavfsizligini kuzatib boruvchi sinovchi haydovchi bo‘ladi.
“Yandeks” 2018-yil yozida Qozonning Innopolis shahrida birinchi haydovchisiz taksi sinovlarini boshlagan edi. Shu paytgacha Innopolisdagi yo‘lovchilar robotaksida 60 mingdan ziyod safar qilishdi.