Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Tolyatti-Odessa ammiak quvurini portlatib yubordi

Tolyatti-Odessa ammiak quvuri va Kaxovka GESning portlatilishi Rossiya tomonidan "Don bitimini" uzaytirish ehtimolini nolga tenglashtiradi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Ukrainalik diversantlar Xarkov viloyatida Tolyatti - Odessa ammiak quvurini portlatib yubordi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi. RIA Novosti xabariga asosan.

“5 iyun kuni Moskva vaqti bilan 21:00 atrofida Xarkov viloyati Masutovka qishlog‘i hududida ukrain diversion-razvedka guruhi Tolyatti-Odessa ammiak quvurini portlatib yubordi”, — deyiladi harbiy departament xabarida.

Rossiya Mudofaa vazirligi sodir bo‘lgan voqea terrorchilik harakati deb atadi.
Mudofaa vazirligi tinch aholi orasida qurbonlar borligini, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilganini qayd etdi. Rossiyalik harbiylardan hech kim jabrlanmagan.
“Hozirda Ukraina hududidan ammiak qoldiqlari quvurning shikastlangan uchastkalari orqali oqib chiqilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik.
Ma’lumot uchun, Tolyatti-Odessa ammiak quvuri 1970-yillarning oxirida qurilgan, birinchi bosqichi 1979-yil oktabr oyida ishga tushirilgan. U orqali yiliga 2,5 million tonnaga yaqin xomashyo Odessaga yetkazib berilar va u yerdan portlar orqali eksport qilinar edi. Ammiak tranziti 2022-yil 24-fevralda to‘xtatilgan.
Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT ishtirokidagi don bitimi doirasida ushbu ammiak quvurini ham ishga tushirish nazarda tutilgan edi, lekin shu vaqtga qadar bu amalga oshmadi. Quvur portlatilganidan so‘ng esa don bitimining ushbu qismi mutlaq amalga oshmasligi aniq bo‘ldi. Bunday vaziyatda Rossiya ushbu shartnomani to‘xtatib qo‘yishi ehtimoli keskin oshadi.
UPD. Rossiya tomon xabariga ko‘ra Tolyatti-Odessa ammiak quvurining Rossiya hududidan o‘tgan qismi shikastlanmagan. Portlash Ukraina hududida sodir bo‘lgan. Ayni damda quvur Rossiya chegarasida yopib qo‘yilgan.