TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasining Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) tomonidan o‘tkazilayotgan birinchi millatlararo musobaqasida (CAFA Nations Cup) ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilindi.
Srechko Katanes turnirga 27 nafar futbolchini chaqirgan. Ro‘yxatda Argentinadagi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan ikki o‘yinchi – Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanovlarni ham ko‘rish mumkin.
Shuningdek, legionerlardan Eldor Shomurodov (“Spetsiya”), Jaloliddin Masharipov (“An-Nasr”), Bobur Abduxoliqov (“Ordobasi”), Igor Sergeyev (“Tobol”), Otabek Shukurov (“Fatih Karagümrük”), Hojimat Erkinov (“Torpedo”), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (“Nijniy Novgorod”) singari o‘yinchilar chaqirilgan.
To‘liq tarkib quyidagicha:
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Ilk marotaba tashkil etilayotgan musobaqa 10—20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Tojikiston, Turkmaniston va O‘mon bilan birga “A” guruhidan joy olgan. Guruhdagi o‘yinlar Toshkentda o‘tkaziladi. "V" guruhida Qirg‘iziston, Eron va Afg‘oniston o‘z o‘yinlarini Bishkekda o‘tkazadi.
“Oq bo‘rilar” turnirdagi dastlabki uchrashuvni 11-iyun kuni O‘monga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi va 20:30 da boshlanadi.