TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida 2 019,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Shundan, havo transportida kelgan sayyohlar 311,2 ming kishini (15,4 %), temir yo‘l orqali kelganlar – 29,1 ming kishini (1,4 %), avtomobil transportida kelganlar – 9,6 ming kishini (0,5 %) tashkil etgan.
Sayyohlarning eng ko‘p qismi, ya’ni 1 669,4 ming nafari (82,7 %) piyoda kelgan. Bunda asosan qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelganlar chegara postlaridan piyoda o‘tishgan.
Eslatib o‘tamiz, to‘rt oyda eng ko‘p Tojikiston fuqarolari (623,8 ming nafar) turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.