Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 300 ga yaqin kishi halok bo‘ldi — video

Odisha shtatida Kalkuttadan Chennayga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Hindiston sharqida poyezdlar to‘qnashuvi sodir bo‘ldi, oqibatda halok bo‘lganlar soni 288 nafarga, jarohat olganlar esa 900 dan ortdi. Bu haqda Odisha shtati yong‘in xizmati rahbari Sudxanshu Sarangi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Odisha shtatida Kalkuttadan Chennayga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi. Odamlar bo‘lgan 10-12 vagon zarba natijasida relsdan chiqib ketgan va qarama-qarshi yo‘lga qulagan.
Biroz vaqt o‘tgach, ularga yana bir yo‘lovchi poyezdi kelib urilgan, natijada yo‘lovchilari bo‘lgan yana uch-to‘rt vagon relsdan chiqib ketgan.
Sudxanshu Sarangining aytishicha, hozirda tabiiy ofatlarga yordam berish milliy kuchlarining yuzdan ortiq a’zosi va ularning davlat hamkasblari ishtirok etgan qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.