Xitoy O‘zbekistonning uchta viloyatida logistika markazlarini qurmoqchi — manzil

Xitoyning "Taitong International" kompaniyasi Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida logistika markazlarini barpo etishni reja qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Xitoyning "Taitong International" kompaniyasi O‘zbekistonning 3 ta viloyatida logistika markazlarini barpo etmoqchi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Tranport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Xitoyning "Taitong International" kompaniyasi boshqaruvi raisi Chu Suan janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xorijiy kompaniya rahbari mamlakatning Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida logistika markazlarini barpo etish, shuningdek, transport logistika kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, tomonlar mamlakat transport sektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, Xitoy bilan bog‘lovchi xalqaro transport yo‘laklari jozibadorligini oshirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr almashdi.